Ilon Mask Forbesning yillik milliarderlar ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi

Forbes nashri 2022-yil uchun dunyoning eng boy insonlari ro‘yxatini e’lon qildi. Unga ko‘ra, SpaceX va Teslaning asosiy aksiyadori Ilon Mask 219 mlrd dollar bilan birinchi o‘rinni egalladi.

Forbes talqini bo‘yicha Top-10 milliarderlar

Ilon Mask, 50 yoshda, AQSh, 219 mlrd dollar (2021 yildagiga nisbatan 68 mlrd dollarga oshgan), Tesla, SpaceX;
Jeff Bezos, 58 yoshda, AQSh, 171 mlrd dollar (-6 mlrd dollar), Amazon;
Bernar Arno, 73 yoshda, Fransiya, 158 mlrd dollar (+8), LVMH;
Bill Geyts, 66 yoshda, AQSh, 129 mlrd dollar (+5), Microsoft;
Uorren Baffet, 91 yoshda, AQSh, 118 mlrd dollar (+22), Berkshire Hathaway;
Larri Peyj, 49 yoshda, AQSh, 111 mlrd dollar (+19,5), Google;
Sergey Brin, 48 yoshda, AQSh, 107 mlrd dollar (+18), Google;
Larri Ellison, 77 yoshda, AQSh, 106 mlrd dollar (+13), Oracle;
Stib Balmer, 66 yoshda, AQSh, 91,4 mlrd dollar (+22,7), Microsoft;
Mukesh Ambani, 64 yoshda, Hindiston, 90,7 mlrd dollar (+6,2), Reliance Industries.
Shuningdek, USM Holdings asoschisi Alisher Usmonov ushbu ro‘yxatda 167-o‘ringa tushib ketdi (Rossiya bo‘yicha 7-o‘rin). Alisher Usmonovning boyligi bir yil ichida 18,4 mlrd dollardan 11,5 mlrd dollarga kamaygan. Uning boyligi kamayishiga asosiy sabab tadbirkor Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi ortidan AQSh, Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqi sanksiyalariga uchragani bo‘ldi.