Indoneziya va Oʻzbekiston oʻrtasida aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyiladi

Loukoster Citilink kompaniyasi Indoneziya va O‘zbekiston o‘rtasida parvozlarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.

Oʻzbekiston vakili va Indoneziyaning Citilink aviakompaniyasi tijorat direktori Ixvan Agus oʻrtasida muzokaralar boʻlib oʻtdi.

Indoneziya tomoniga “Umra-plus” va “O‘zbekiston-plyus ziyorat” turizm dasturlari bo‘yicha parvozlar chog‘ida Buxoro yoki Samarqand orqali Citilink yo‘nalishida tranzitni tashkil etish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.