InnoWeek.Uz-2022: Universitetlarning ilmiy va innovatsion faoliyati bo‘yicha birinchi xalqaro forum

17-21-oktabr kunlari “Barqaror rivojlanish uchun yashil innovatsiyalar” shiori ostida o’tkazilayotgan “InnoWeek.Uz-2022” Xalqaro innovatsion gʼoyalar haftaligi doirasida bugun, 18-oktabr kuni “Universitetlarning ilmiy va innovatsion faoliyati bo‘yicha birinchi xalqaro forum” tashkil etildi.

Mazkur xalqaro forumda Innovatsion rivojlanish vazirligi vakillari, yetakchi o’zbek va xorij universitetlari rahbariyati ishtirok etib, Oʼzbekistondagi barcha OTMlarda yaratilgan ilmiy va innovatsion loyihalar muhokama hamda tahlil qilindi.

P.S. Ushbu xalqaro haftalikda 50 dan ortiq xorijiy davlatlardan vakillar va mahalliy ilmiy-innovatsion markazlar, investitsiya fondlari, texnologiya agentliklari, biznes-inkubatorlar vakillari, ekspertlar hamda olimlar ishtirok etmoqdalar.