Investitsiyavi vazirligi sohada o‘zgartirish kiritadigan yangi mexanizmni ishga tushriadi

Yangi mehanizm doirasida barcha 206 ta tuman va shahar hokimliklari qoshida loyihaviy guruhlar tashkil etiladi
Joriy yilning 6-oktyabr kuni Oʼzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʼrinbosari Sardor Umurzakov rahbarligida videokonferentsiya shaklida Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish boʼyicha kengaytirilgan yigʼilishi boʼlib oʼtdi.
Jumladan, 9 oy yakunlariga koʼra mamlakatning investitsiyaviy va tashqi savdo faoliyati koʼrsatkichlari koʼrib chiqildi.
Tarmoqlar va hududlar kesimida investitsiyalar va eksportni jalb qilish dinamikasiga ijobiy taʼsir etuvchi omillar belgilandi.
Investitsiyaviy loyihalarni ishlab chiqish, ularni amalga oshirilishini moliyalashtirish manbalarini aniqlash, shuningdek, ishga tushirilgan korxonalar va sanoat obʼektlarining faoliyati monitoringini olib borish hamda eksport hajmini oshirishning yangi ishlab chiqilgan mexanizmi yigʼilishning asosiy mavzusi boʼldi.
Mazkur mexanizm mamlakat tuman va shaharlarining iqtisodiy va sanoat salohiyatidan toʼla foydalanish hamda ularning jadal va bir meʼyorda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ragʼbatlantirishga qaratilgan.
Yangi mehanizm doirasida barcha 206 ta tuman va shahar hokimliklari qoshida loyihaviy guruhlar tashkil etiladi, ular foydalanilmagan yer uchastkalari, bino va inshootlar, tabiiy va infratuzilmaviy resurslarni nazarda tutgan holda mavjud ishga solinmagan imkoniyatlarni tahlil qiladilar.






