iPhone 14 Pro modeli DxOMark testidan oʼtdi

Applening yangi iPhone 14 Pro smartfoni DxOMark testidan oʼtib, ajoyib natijani qayt etdi. Umumiy kamera testida qurilma 146 ballni qoʼlga kiritdi. Bu Honor Magic4 Ultimate modelidan keyingi ikkinchi eng yaxshi natija hisoblanadi.

Selfi kamera boʼyicha qurilma 145 ball toʼplay oldi. DxOMark esa buni eng yaxshi natijalardan biri deb eʼlon qildi. Shuningdek, video sifati boʼyicha u tengsiz deb topildi.

Testning “Oila va doʼstlar“ deb nomlangan yangi bosqichida iPhone 14 Pro yuqori natijani qayd etdi. Buning sababi sifatida kameraning teri rangini aniq chiqarib berishi, tezkor takror suratga olish qobiliyati, harakat davomida xiralashishni kamaytira olishi hamda yuzlarning kontrastli tasvirlarini olish imkonyatiga ega ekanligini koʼrsatish mumkin.

Testda, bundan tashqari, smartfon portret rejimda tabiiy bokeh suratlarni olishga ham alohida urgʼu berilgan.

Video yozish boʼyicha qurilma birinchi oʼrinni egalladi. Kadrlarning oʼtish silliqligi, takrorlanuvchanligi va ravonligi yaxshilangan. Stabilizatsiya ham ajoyib darajada, HDR yuqori kontrastni taqdim etadi, avtofokus esa ishonchli hamda aniq ishladi. Smartfondagi Quad-Bayer tasvir sensori suratlarni sifatini oshirishga xizmat qiladi.