Islom birdamligi sport tashkiloti rahbari o‘zbek sportchilarning imkoniyatini yuqori baholadi

O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikramov Konya-2021 V Islom birdamligi o‘yinlari doirasida Islom birdamligi sport tashkiloti rahbari shahzoda Abdulaziz bin Turki Al Faysal Al Saud bilan uchrashdi.
Tadbirda Milliy Olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov hamda Milliy Paralimpiya qo‘mitasi raisi Muxtorxon Tashxodjaev ham qatnashdi.






