Jahon chempionatida sovrindor bo‘lgan sambochilarimizga pul mukofotlari topshirildi

Sambo bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida Jahon chempionatida umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan sportchilarimiz tantanali kutib olindi va munosib taqdirlandi.
Sportchilar Turizm va sport vazirligi binosiga taklif etildi va maxsus pul mukofotlari bilan taqdirlandi. Mukofotlarni o‘z egalariga Turizm va sport vaziri o‘rinbosari A.Karimov va Milliy Olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi O.Kasimov topshirdi va sportchilarni qo‘lga kiritgan yutuqlari bilan tabriklab, minnatdorlik bildirdi.
Maʼlumot uchun, jahon chempioni bo‘lgan sambochilarimiz 10 mln so‘m, kumush medal egalari 5 mln so‘m, bronza medalini qo‘lga kiritganlar esa 3 mln so‘m miqdoridagi mukofotga ega bo‘lishdi.






