Jahon chempionatidagi ilk uchrashuv va mag‘buliyat!

20-noyabr kuni Qatarning Al-Xaur shahrida futbol bo‘yicha 2022-yilgi Jahon chempionatining ochilish marosimi hamda dastlabki uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tarixda 22-marta bo‘lib o‘tayotgan ushbu chempionatning ilk uchrashuvida mezbon mamlakat — Qatar A guruhidagi raqiblaridan biri Ekvador terma jamosi bilan maydonga tushdi. Birinchi uchrashuv mezbonlarning mag‘buliyati bilan yakunlandi.
Bu jahon chempionatiga mezbonlik qilgan mamlakatlarning ilk uchrashuvlari orasidagi ilk mag‘lubiyat bo‘ldi. Bungacha bo‘lib o‘tgan 21 ta Jahon chempionatining mezbonlar 16 tasida g‘alabaga, 6 tasida durangga erishishgan.
JCH-2022 ochilish marosimi va ilk uchrashuv: Qatar — Ekvador o‘yini «Al-Bayt» stadionida 67 372 nafar tomoshabin qarshisida bo‘lib o‘tdi. Ushbu stadion an’anaviy badaviylar chodiriga o‘xshatib qurilgan bo‘lib, bunday chodirlar Qatarning hamda mamlakat mehmondo‘stligining ramzlaridan biri sanaladi.
Chempionatning ochilish marosimi deyarli 30 daqiqa davom etdi va unda aktyor Morgan Frimen, BTS guruhi ko‘rinish berishdi. Ochilish marosimi koreys hamda arab qo‘shiqchilari ishtirokidagi konsert bilan davom ettirildi.






