JIDU hamda Toshkent fransuz alyansi oʼrtasida hamkorlik bitimi imzolandi

Joriy yilning 22-mart kuni Oʼzbekiston Respublikasi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda Toshkent fransuz alyansi oʼrtasida hamkorlik toʼgʼrisida bitim imzolandi.

Mazkur ikki tomonlama hujjatga koʼra tomonlar oʼzbek yoshlariga jahon standartlariga asoslangan holda fransuz tilini oʼqitish va sohada har tomonlama yetuk mutaxassislar tayyorlashda hamkorlik qiladilar.

Hamkorlik toʼgʼrisidagi bitimni Oʼzbekiston Respublikasi Senati spikerining birinchi oʼrinbosari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori S.Safoyev va Toshkent fransuz alyansi raisi Sh.Minovarov imzoladilar.

Hamkorlik toʼgʼrisidagi bitimni imzolash marosimida Fransiya Respublikasining Oʼzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Oreliya Bushez janobi oliyalari, Fransiyaning Toshkentdagi elchixonasi xodimlari va Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti masʼullari ishtirok etdilar.

Taʼkidlash joizki, joriy yilda Oʼzbekiston va Fransiya oʼrtasida diplomatik aloqalar oʼrnatilganiga 30 yil toʼladi. Mazkur sana munosabati bilan tomonlar hamkorlikda qator tadbirlar oʼtkazish toʼgʼrisida ham kelishib oldilar.