JIDUda “O‘zbekistonning JSTga q’oshilishi: chaqiriqlar va imkoniyatlar” mavzusida xaqaro konferensiya o‘tkazildi

5-dekabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida (JIDU) O‘zbekistonning JSTga kirishi bo‘yicha muzokaralarni yakunlash bilan bog‘liq eng muhim masalalarni ko‘rib chiqishga bag‘ishlangan yuqori darajadagi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda JST, BMTning Yevropadagi iqtisodiy komissiyasi, dastur homiylarining yuqori darajadagi vakillari, shuningdek, manfaatdor davlat organlari va nodavlat tashkilotlarning vakillari ishtirok etdilar.

Ushbu tadbirlarning konferensiya maqsadi JST qoʻshilishdan kelib chiqadigan imtiyozlardan maksimal darajada foydalanish va a’zolikdan kelib chiqishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlarini minimallashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish, JSTga a’zo boʻlishining milliy iqtisodiyot va huquqiy tizimiga ta’sirini baholashni modellashtirish orqali JSTga qoʻshilishning tajribasini oʻrganishdan iborat.

2021-yil dekabr oyida JIDU JST kafedralari dasturiga yangitdan kirgan dunyodagi 17 ta’lim muassasalardan biriga aylandi. Bu dastur hozirda butun dunyodagi 36 universitetni oʻz ichiga oladi. JST kafedralari dasturi 2010-yilda oʻz faoliyatini boshlangan.

Bu rivojlanayotgan mamlakatlardagi akademiklar va amaliyotchilar oʻrtasida universitetlar va ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan oʻquv dasturlarini ishlab chiqish, ilmiy-tadqiqot va targʻibot ishlari orqali savdo tizimi toʻgʻrisida bilim va tushunchalarni oshirishga qaratilgan dastur bo‘lib, uning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

• Ta’lim muassasalarida savdo bilan bogʻliq masalalarda tadqiqotlarni ragʻbatlantirish;
• Xalqaro savdo kurslarini ishlab chiqish va yetkazib berishni qoʻllab-quvvatlash va oʻqitishni qoʻllab-quvvatlash;
• Targʻibot faoliyatini ragʻbatlantirish;
• Axborotni toʻplash va xalqaro savdoda bilim almashishni ragʻbatlantirish;
• Shugʻullanuvchi akademiklar tarmogʻini tashkil etish;

JIDUdagi JST kafedrasi Markaziy Osiyoda birinchi bu kabi kafedra boʻlib, oʻquv dasturlarini ishlab chiqish, ilmiy tadqiqotlar va targʻibot ishlari orqali akademiklar va siyosatchilar oʻrtasida JST huquqiy tizimi toʻgʻrisida bilim va tushunchalarni oshirishga qaratilgan. Loyiha toʻrt yilga moʻljallangan (2021-2024).