JIDUda prezidentning “Yangi Oʼzbekiston strategiyasi” kitobiga bag‘ishlangan videokonferensiya bo‘lib o‘tdi

2021-yil 14-oktyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Yangi Oʼzbekiston strategiyasi: milliy rivojlanish strategiyasi” mavzusida ilmiy-amaliy videokonferensiya boʼlib oʼtdi.
Tadbir Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning “Yangi Oʼzbekiston strategiyasi” kitobining taqdimotiga bagʼishlandi. Videokonferentsiya davomida Yangi Oʼzbekiston va Uchinchi Renessans kontsepsiyasi doirasida yangi jamiyat va davlat qurish asosini yaratishga qaratilgan keng koʼlamli oʼzgarishlar har tomonlama va chuqur tahlil qilindi.
Tadbir davomida, Oʼzbekiston Respublikasining hozirgi bosqichda jahon hamjamiyati bilan hamkorligining dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Bundan tashqari JIDU rektori S.Safoyev o‘z maʼruzasida Oʼzbekiston tomonidan qisqa tarixiy davr ichida erishilgan yutuqlar aniq natijalar bilan tanishtirildi.
“Markaziy Osiyo – Yangi Oʼzbekiston tashqi siyosatidagi bosh ustuvor yoʼnalish”, “Markaziy va Janubiy Osiyo: hamkorlikning yangi shakllari” mavzularidagi chiqishlar ishtirokchilar tomonidan qiziqish bilan kutib olindi.
Tadbir soʼngida anjuman natijalari sarhisob qilinib, Oʼzbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyevning "Yangi Oʼzbekiston strategiyasi: milliy taraqqiyot istiqbollari" asari nafaqat respublika balki, chet ellik mutaxassislar va ekspertlarning keng doirasi uchun ham muhim dasturi amalga aylanishiga ishonch bildirdi.






