JSST: Yevropada pandemiyaning yangi toʼlqini boshlandi

Maʼlumotlarga ko'ra, Yevropa mamlakatlarida koronavirus bilan bogʼliq epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda. COVID-19ni yuqtirganlar soni kun sayin ortib bormoqda.

JSST Yevropa mintaqaviy byurosi hamda Kasalliklarning oldini olish va nazorat qilish boʼyicha Yevropa markazi rahbarlari mazkur holat yuzasidan qoʼshma bayonot bilan chiqdi.

“Аfsuski, qitʼamizda yana koʼrsatkichlar oʼsishini kuzatyapmiz. Bu COVID-19 pandemiyasining yangi toʼlqini boshlanganidan dalolat beradi”, deyiladi hujjatda.