«Kapitalbank» bankomatlari faoliayti vaqtincha to‘xtatiladi

«Kapitalbank» bankomatlari faoliyati xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash bo‘yicha texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan vaqtincha to‘xtatiladi. Bankomatlar bosqichma-bosqich mart oyining o‘rtalariga qadar o‘chiriladi.
«Bankomatlar orqali amalga oshiriladigan barcha operatsiyalarni „Kapitalbank“ ATBning barcha filiallarida amalga oshirish mumkin».
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yil 1-dekabr holatiga mamlakatdagi barcha bankomat va infokiosklarning 25 foizi «Kapitalbank»ga tegishli.
Mamlakatda jami 12,8 mingta bankomat bor. Bulardan 3,2 mingtasi «Kapitalbank»ga tegishli, Agrobank (1894) va Xalq banki (1331) katta farq bilan ikkinchi hamda uchinchi o‘rinlarni egallagan.
Eslatib o‘tamiz, bundan oldin Alisher Usmonovga tegishli USM Holdings kompaniyasining sho‘’ba korxonasi bo‘lgan «Telekominvest» MCHJ «Kapitalbank» ustav kapitalining 8,33 foizini sotib olgan edi. Endilikda ushbu kompaniya «Kapitalbank»ning 25 foiz ulushiga ega.






