Kiyev shahrida “Kyiv Fashion Fabrics 2022” xalqaro koʼrgazmasi bo’lib o’tmoqda

Koʼrgazma doirasida "Oʼztoʼqimachiliksanoat" uyushmasi va tarmoq korxonalari tomonidan stend tashkil etildi.

Tashrif buyuruvchilarning koʼpchiligi oʼzi uchun Oʼzbek toʼqimachilik mahsulotlarini qaytadan kashf etganliklarini taʼkidlab, mahsulot sifatidan juda ham mamnunliklarini bildirdilar.

Kiyev shahrida boʼlib oʼtayotgan “Kyiv Fashion” xalqaro Koʼrgazmasining birinchi kun yakuniga ko’ra bir qator kelishuvlar amalga oshirildi.

Jumladan:

Oʼzbekistoning "Sam Rafoat Tekstil“ korxonasi va Ukraina davlatining “LVIVSKА PERO-PUXOVА FАBRIKА” bilan 400 ming dollarlik momiq sochiq mahsulotlariga,

“Kezar teks” korxonasi va Ukrainaning "Fabrika-T" korxonasi bilan 600 ming dollarlik tayyor trikotaj mato mahsulotlariga,

“Fazo Group” korxonasi Ukrainaning "Uzintex" kompaniyasi bilan 500 ming dollar tayyor tikuv trikotaj mahsulotlariga,

"Osiyo home tex" korxonasi Ukrainaning "Springtech" kompaniyasi bilan 150 ming dollarlik koʼrpa toʼshak jild mahsulotlariga shartnoma imzolandi.

PS: “Kyiv Fashion Fabrics 2022” xalqaro koʼrgazmasi 2-4 fevral kunlari bo’lib o’tadi.