Koʼp tomonlama yigʼilishning asosiy natijalari yuzasidan fikr almashildi

Samarqanddagi Turkiy Davlatlar Tashkiloti sammitining asosiy tadbirlari doirasida Oʼzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Milliy Kengashi Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashuv oʼtkazmoqda.
Bugun boʼlib oʼtgan koʼp tomonlama yigʼilishning asosiy natijalari yuzasidan fikr almashilmoqda.
Yaqinda Аshxobod shahriga boʼlgan oliy darajadagi tashrifda, shu jumladan parlamentlararo hamkorlik yoʼnalishida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilinishi koʼzda tutilgan.






