Mamlakatimizda suv xoʼjaligi tizimi isloh qilinishi taʼkidlandi

Murojaatnomada ekologiya, ayniqsa suv masalalari global muammoga aylanib borayotgani haqida soʼz yuritilar ekan, biz nafaqat bugungi, balki kelajak avlodlarni ham oʼylashimiz shartligi qayd etildi.
Аmudaryo oʼzanida yangi kanal qurilishi boʼyicha qoʼshni Аfgʼonistonning muvaqqat hukumati hamda jahon hamjamiyati bilan birga, xalqaro meʼyorlar asosida va mintaqaning barcha davlatlari manfaatlarini inobatga olish yuzasidan amaliy muloqotlar olib borish lozimligi taʼkidlandi.
Mamlakatimizda suv xoʼjaligi tizimi isloh qilinishi taʼkidlandi.
"Tabiatimizni asrab-avaylash, suv, havo va atrof-muhitni toza tutish kelasi yilda har bir mahalla aholisining madaniyati va amaliy harakatiga aylanishi kerak", - dedi Prezident.
Bu borada mavjud vaziyatni ijobiy tomonga oʼzgartirish uchun ekologiya va atrof-muhitni asrash boʼyicha saʼy-harakatlar, xususan, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ishlar kuchaytiriladi.






