Mamlakatimizning nufuzli xalqaro reytinglardagi o‘rni yaxshilanmoqda

Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma uchinchi yalpi majlisi oʼz ishini boshladi.

Bugun soat 10:00da Toshkent shahrida Oliy Majlis Senati majlislar zalida Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma uchinchi yalpi majlisi oʼz ishini boshladi.

Yalpi majlisni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva olib bormoqda.

Videokonferensiya tarzida oʼtkazilayotgan majlisda senatorlar, hukumat aʼzolari, vazirlik va idoralar vakillari hamda milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etmoqda.

Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva:

Аmalga oshirilgan izchil islohotlar natijasida nufuzli xalqaro reytinglarda mamlakatimiz oʼrni yaxshilanishiga erishildi.

Iqtisodiy erkinlik indeksida mamlakatimiz, 44 pogʼona yuqorilab, 108-oʼrinni egalladi. Huquq ustuvorligi indeksi boʼyicha 14 pogʼona yuqorilab
85-oʼringa koʼtarildi. Oʼzbekiston bu borada eng yaxshi natija koʼrsatgan 3 ta davlatdan biriga aylandi. Global innovatsion indeksda Oʼzbekiston 7 pogʼonaga koʼtarilib, 132 ta davlat orasida 86-oʼrinni egalladi va eng jadal yuqorilagan mamlakatlar top 10 taligiga kirdi.