“Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar”

Prezidentimiz tashabbusi bilan 2021 yil 15-16 iyul kunlari “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi.
Konferentsiyada O‘zbekiston Prezidenti, Afg‘oniston Prezidenti, Pokiston Bosh vaziri, Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari, boshqa xorijiy davlatlarning tashqi ishlar vazirlari ishtirok etishlari rejalashtirilgan. Forumning asosiy maqsadi Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi tarixan yaqin va do‘stona aloqalarni, ishonch va yaxshi qo‘shnichilikni ikki mintaqa xalqlari va mamlakatlari manfaatlari yo‘lida mustahkamlashdan iborat.
Kun tartibidan savdo, investitsiyalar, transport, energetika va innovatsiyalar, sohalarida hamkorlikni rivojlantirish, turizm, ta’lim, sog‘liqni saqlash, fan va madaniyat sohalarida sheriklikni kengaytirish, ikki mintaqa barqarorligi va xavfsizligini ta’minlash yuzasidan batafsil fikr almashish va birgalikda takliflar ishlab chiqish o‘rin olgan.






