Mask xakerlar Starlink global internet tizimini buzishga uringanini maʼlum qildi

Ilon Maskning aytishicha, Ukrainada harbiy harakatlar boshlanganidan keyin xakerlar Starlink global internet tizimini buzishga urinishgan.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Mask Ukraina hududida Starlink global sun'iy yo'ldosh aloqa tizimiga kirishni ochish qarorini e'lon qilgan va Ukrainaga sun'iy yo'ldosh internetini qabul qilish uchun minglab to'plamlarni yuborgan edi.

Shu bilan birga Mask Starlink G‘arb rasmiylari talabiga ko‘ra Rossiya ommaviy axborot vositalarini bloklamasligini ma’lum qildi.