MDH mamlakatlari orasida O’zbekiston Qurolli Kuchlari uchinchi oʻrinda

Prezident Shavkat Mirziyoyev kecha Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yigʻilishida Oʻzbekiston har qanday tahdidga nisbatan munosib javob qaytarish va zarba berish uchun yetarli kuch va salohiyatga ega ekanligini taʼkidladi.

Mamlakatimiz Qurolli Kuchlari tashkil topganiga 30 yil toʻldi. Bu vaqt ichida Markaziy Osiyoda harbiy salohiyati, texnikalari boʻyicha eng kuchli armiya sifatida eʼtirof etildi. MDH mamlakatlari orasida esa Qurolli Kuchlarimiz 3-oʻrinni egallab turibdi.