Mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarga kompensatsiya to‘lanadi

Qarorga ko‘ra, 2021 yil 1 sentabrdan boshlab 2022 yil 1 sentabrga qadar “labor-migration” dasturiy majmuasida ro‘yxatdan o‘tgan, kasb-hunar yoki xorijiy tillarga o‘qigan va tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarga:

➖ xorijiy tillar yoki kasb bo‘yicha malaka imtihonlarini topshirish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplash uchun, basharti ular muvaffaqiyatli topshirilganda – BHMning 3 baravarigacha miqdorda (735 ming so‘m);

➖ yo‘l chiptasini xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplash uchun – BHMning 2 baravarigacha miqdorda (490 ming so‘m);

➖ rivojlangan davlatlarda mehnat faoliyatini amalga oshirishga “ishchi viza”ni rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplash uchun – BHMning 5 baravarigacha miqdorda (1 mln 225 ming so‘mgacha) kompensatsiya to‘lanadi.