«Menga 80 trln soʼm emas, bir insonning hayoti muhimroq» — Shavkat Mirziyoyev

Ayni damda Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatida saylovchilar bilan uchrashmoqda. Prezident o‘z nutqini koronavirus va gripp koʼpaygani bilan boshladi.
Prezidentga koʼra, koronavirus pandemiyasi davrida aholining salomatligini saqlash uchun 80 trillion mablagʼ sarflangan.
«Menga 80 trillion emas, bir insonning hayoti muhimroq. Mana, koʼryapmiz, koronavirusning boshqa shtamlari ham chiqyapti. Bu bizni bezovta qilyapti. Qish kelyapti. Hozir gripp kuchayyapti, ayniqsa, Toshkentda gripp koʼpaydi. Dushanba kuni gripga ham qarshi vaktsinalar olib kelyapmiz. Аmmo ‘koronavirus gripp ekan degan gaplar yolgʼon. Аziz hamyurtlarim, vaktsina qilish kerak. Kasallik oson oʼtadi, asoratlari kamroq boʼladi. Har birimiz oʼzimizni saqlashimiz kerak», — dedi Shavkat Mirziyoyev.






