«Mirzo Ulugʻbek vorislari» tanlovi yosh iste’dod egalarini qarshi oladi

Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash «Ulug‘bek» jamg‘armasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamkorligida 16-25 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida iqtidorli yoshlarni kashf qilish uchun «Mirzo Ulugʻbek vorislari» respublika tanlovi e’lon qilinadi. Tanlovning birinchi bosqichi joriy yilning fevral-mart oylarida tuman (shahar)larda bo`lib o’tadi.

“Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovida yoshlardan:

O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo‘lishi;
Aniq bir g‘oya yoki loyihaga ega bo‘lishi;
IQ test natijasi 110 balldan past bo‘lmasligi;
Turli tanlovlarda g‘olib bo‘lganligi to‘g‘risidagi diplom, sertifikat yoki tavsiyanomaga ega bo‘lishi talab etiladi.
Tanlovda ishtirok etishni istaganlar mazkur sayt (https://vorislar.uz/) yoki telegram-bot (@vorislar_tanlovi_bot) orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.