Mirzo Ulug‘bek vorislari Respublika tanlovining ilk bosqichi

“Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovining 1-bosqichi doirasida tuman (shahar)lar kesimida loyihalar taqdimoti davom etmoqda. Har bir tumandan eng yaxshi deb topilgan 5 ta loyiha keyingi viloyat bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritib, BHM 5 barobari miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Yosh iqtidorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazilayotgan bunday tanlovlar iste’dodli yoshlarni istiqbolli g‘oyalarini takomillashtirish uchun katta maydon vazifasini o‘tab bermoqda.

2022-yil 5-mart kunida “Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovining
1-bosqichi doirasida quyidagi tuman (shahar)lar kesimida loyihalar taqdimoti bo'lib o'tdi.

Andijon viloyati Jalaquduq tumani

Ro‘yxatdan o‘tganlar soni-30 nafar:
IQ test sinovlarida ishtirok etganlar soni-30 nafar:
IQ test sinovlaridan o‘tganlar soni- 5 nafar:
Loyihalar taqdimotida ishtirok etganlar soni- 5 nafar:
Xo‘jaobod tumani

Ro‘yxatdan o‘tganlar soni-38 nafar:
IQ test sinovlarida ishtirok etganlar soni-38 nafar:
IQ test sinovlaridan o‘tganlar soni- 11 nafar:
Loyihalar taqdimotida ishtirok etganlar soni-11 nafar:
Farg‘ona viloyati Quva tumani

Ro‘yxatdan o‘tganlar soni: 42 nafar
IQ test sinovlarida ishtirok etganlar soni: 19 nafar
IQ test sinovlaridan o‘tganlar soni: 10 nafar
Loyihalar taqdimotida ishtirok etganlar soni: 3 nafar
Jizzax viloyati Baxmal tumani

Ro‘yxatdan o‘tganlar soni: 159 nafar
IQ test sinovlarida ishtirok etganlar soni: 159 nafar
IQ test sinovlaridan o‘tganlar soni: 27 nafar
Loyihalar taqdimotida ishtirok etganlar soni: 27 nafar