Mo‘g‘uliston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosarining O‘zbekistonga tashrifi

Joriy yilning 2–5-iyun kunlari Mo‘g‘uliston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Batsumber Munxjin boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Delegatsiya tarkibida Mo‘g‘uliston biznes tuzilmalarining qator rahbarlari bor.

O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarini kengaytirish masalalarini muhokama qilish maqsadida Tashqi ishlar, Investitsiyalar va tashqi savdo hamda Qishloq xo‘jaligi vazirliklarida muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilgan.

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida ikki mamlakat ishbilarmon doiralari va yirik kompaniyalari vakillari ishtirokida muzokaralar hamda biznes-forum bo‘lib o‘tadi. Ishtirokchilar qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini Mo‘g‘uliston bozoriga eksport qilish bo‘yicha yangi loyiha va shartnomalarni muhokama qiladi.