Moskva birjasida so‘m bilan savdolar yo‘lga qo‘yiladi

Birja axborot xizmatining xabar berishicha, Moskva birjasi 12-sentabrdan so‘m savdolarini yo‘lga qo‘yadi. Qayd etilishicha, ushbu amaliyotning joriy etilishi bozordagi professional ishtirokchilarning savdo imkoniyatlarini oshiradi.

“Shuningdek, bu ikki davlat iqtisodiy subyektlari o‘rtasida milliy valyutalarda hisob-kitoblarni amalga oshirishda qo‘shimcha turtki bo‘ladi”, – deyiladi xabarda.

P.S. Hozirda Moskva birjasida dollar, yevro, yuan, funt-sterling, Belarus rubli, turk lirasi, yapon iyenasi, Qozog‘iston tengesi va boshqa valyutalar savdosi yo‘lga qo‘yilgan.