MSK saylov uchastkalari bo‘ylab press-tur uyushtirdi

Markaziy saylov komissiyasi Matbuot markazi tashabbusi bilan akkreditatsiyadan oʼtgan jurnalistlar ishtirokida 14-Toshkent shahar okrug saylov komissiyasi va 362-sonli saylov uchastkasiga press-tur boʼlib oʼtdi.
Ushbu press-turda 30 nafardan ortiq OAV vakillari ishtirok etdi.
Jurnalistlar press-tur davomida 14-Toshkent shahar okrug saylov komissiyasi faoliyati bilan tanishish bilan bir qatorda, 362-sonli saylov uchastkasida muddatidan oldin ovoz berish jarayoni va pandemiya sharoitida saylov oʼtkazish boʼyicha tashkiliy ishlarni kuzatishdi.
Unda MSK aʼzosi Bahodir Yunusov va 14-Toshkent shahar okrug saylov komissiyasi raisi Odil Аbdurahmonov jurnalistlarning savollariga javob berishdi.
Bundan tashqari OAV vakillari 362-saylov uchastkasida muddatidan oldin ovoz berish jarayoni va pandemiya sharoitida saylov oʼtkazish boʼyicha tashkiliy ishlar bilan tanishishdi.






