«Muammo va kamchiliklar birinchi marotaba aniqlanayotgani yoʼq» - T.Narbayeva

Kengash majlisida, Senat raisi viloyat hokimlari hamda tegishli vazirlik va idora vakillari nutqini tinglar ekan o'z fikrini bayon etib, "Muammo va kamchiliklar birinchi marotaba aniqlanayotgani yoʼq. Ular faqat 4 ta viloyatda bor deyish ham notoʼgʼri. Bu kamchiliklarni barcha hududlarda koʼrish mumkin",- deya ta'kidladi.
"Senatorlar toʼgʼri muammo koʼtardilar: dehqon xoʼjaliklarini tashkil etish uchun “E-AUKSION”ga joylashtirilgan yer maydonlari boʼyicha aholining qiziqishi kam.
Chunki:
xabardorlik darajasi past, tushuntirish-targʼibot ishlari samarali yoʼlga qoʼyilmagan;
dehqonchilik uchun noqulay (aholidan uzoq, sugʼorish qiyin boʼlgan va h.k.) yerlar tanlovga qoʼyilyapti.
Qanchadan-qancha ishsiz odamni band qilish, daromad manbaini shakllantirish kabi oʼta muhim masala yechimini kutmoqda.
Kuni kecha Prezidentimiz ham bu borada aniq vazifalarni belgilab berdilar (18 iyuldagi videoselektor yigʼilishi).
Аholiga yil yakunigacha 20 ming gektar, kelgusi yilda yana 100 ming gektar ekin maydoni ajratish va bu orqali qoʼshimcha 1 million 200 ming aholini band qilish nazarda tutilmoqda.
Bu oʼta masʼuliyatli vazifa.
Yuqorida aytilgan muammolar saqlanib qolar ekan, uni amalga oshirish qiyin boʼladi",- deya qayd etdi Senat Raisi.






