Navoiy erkin iqtisodiy zonasida kelgusi yil 200 million dollar qoʼshimcha investitsiya jalb qilinadi

Nomzod viloyatda sanoatni rivojlantirish boʼyicha taklif va rejalarini bayon qildi. Davlatimiz rahbari kelgusi yilda sanoatda 186 ta loyihani amalga oshirib, 15 mingta yangi ish oʼrni yaratish zarurligini koʼrsatib oʼtdi.

Mutasaddilarga:

yil yakunigacha har bir tarmoq boʼyicha 25 tadan mahalliylashtirish loyiha paketini shakllantirish;

kelgusi yildan 200 nafar tadbirkor bilan kooperatsiya asosida mahsulot ishlab chiqarishni boshlash;

bir oy muddatda 188 ta yaylovlarda joylashgan noruda konlarni auktsionga chiqarish;

yil yakunigacha 8 ta Yoshlar sanoat zonasi infratuzilmasiga 20 milliard soʼm ajratish;

Navoiy erkin iqtisodiy zonasida kelgusi yilda 200 million dollar qoʼshimcha investitsiya jalb qilib, 20 mingta ish oʼrni yaratish boʼyicha topshiriqlar berildi.