Navro‘z bayrami munosabati bilan ichki sayohatga chegirmalar eʼlon qilindi

Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan Navro'z bayrami munosabati bilan 2022-yil 19-20-21-22-23-mart kunlari aholining dam olish kunlarini maroqli tashkil etish hamda ichki turizm yo‘nalishida sayohatlarga jalb qilish maqsadida respublika bo‘ylab chegirmalar joriy qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2021-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi farmoni, shuningdek “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori ijrosini taʼminlash yuzasidan quyidagi chegirmalar eʼlon qilindi:
“Uzbekistan Airways” AJ tomonidan Respublika aholisi uchun ichki respublikalararo qatnovlarga barcha turdagi tariflarga 50 foiz chegirma joriy qilindi. (2022-yil 03-mart 6.2.2-2021-1.14-sonli xat):
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan respublikaning barcha ichki qatnovlari uchun:
nafaqaxo‘rlar, nogironlar, 1941-1945-yil urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan fuqarolar uchun – 50 foiz;
oliy o‘quv yurtlari talabalari, maktab o‘quvchilari, kollej va litsey talabalari, IIV, MV, DXX, DSQ va DBX maxsus taʼlim muassasalari talabalari uchun – 15 foiz;
oilalarga (ikki va undan ortiq kishi – eri va rafiqasi, er yoki rafiqasi va
18 yoshgacha bo‘lgan farzandlari, otasi yoki 18 yoshga to‘lmagan farzandi bo‘lgan ona) (nikoh guvohnomasi va qarindoshlikni belgilovchi hujjatlar nusxasi taqdim etilgan holda) uchun – 15 foiz;
kollektiv (hamkasblarga) guruhdagilar uchun – 15 foiz;
“Afrosiyob” tezyurar elektropoyezdlarida barcha toifadagi yo‘lovchilar uchun - 10 foiz chegirmalar joriy qilindi (2022-yil 10-mart 01/22-sonli xat).
“Vaqf” xayriya jamoat fondi tasarrufidagi pullik kirish chiptalari joriy qilingan ziyoratgohlariga kattalar uchun 20 foiz hamda yoshlar uchun 50 foiz chegirmalar joriy qilindi. (2022-yil 4-martdagi 111-sonli xat)






