Niagara sharsharasi yana O‘zbekiston bayrog‘i ranglarida yoritiladi

O‘zbekiston mustaqilligining 31 yilligi nishonlanadigan kun (AQSH va Kanadada 31-avgust kuni) mashhur Niagara sharsharasi yana respublika bayrog‘i ranglarida yoritiladi.

O‘zbekistonning AQSHdagi elchixonasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu jarayonni 31-avgust kuni mahalliy vaqt bilan soat 22:30 da (Toshkent vaqti bilan 1-sentabr soat 07:30 da) jonli efirda tomosha qilish mumkin. Niagara sharsharasining O‘zbekiston bayrog‘i ranglari bilan yoritilishi 15 daqiqa davom etadi.

P.S. Niagara sharsharasi ilk bor O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi sharafiga mamlakat bayrog‘i ranglarida yoritilgan edi.