Nike kompaniyasi Moskva futbol klubi bilan hamkorlikni toʼxtatdi

Аmerikaning sport anjomlari ishlab chiqaruvchi Nike kompaniyasi Moskvaning "Spartak" klubi bilan hamkorlikni toʼxtatdi.

Kompaniyaning bu qaroriga UEFА tomonidan Rossiya futboliga qarshi qoʼllanilgan sanksiyalar sabab boʼldi.

Klub matbuot xizmati xabariga koʼra, "qizil-oqlar" rahbariyati yangi libos yetkazib beruvchi hamkorni qidirishni boshlagan.

P.S. Nike kompaniyasi 17 yildan buyon "Spartak"ning texnik hamkori hisoblanar edi.