Nobel mukofotining adabiyot boʻyicha sovrindori aniqlandi

Sovrindor Zanzibarda tug‘ilgan. U Kent universitetining professori.
Nobel mukofotining adabiyot yoʻnalishi boʻyicha 2021-yilgi sovrindori Abdulrazoq Gurna deb topildi. Mukofot adibga “mustamlakachilik oqibatlari va madaniyatlar hamda qitʼalar aro keskin farqlar sharoitida qochoqlar taqdirini murosasiz va shafqat bilan yoritgani uchun” topshiriladi.
Nobel mukofoti laureati 1948-yilda Zanzibarda tugʻilgan va mana shu yerda voyaga yetgan. 1960-yillarning oxirlarida qochoq sifatida Angliyaga kelgan. Nafaqaga chiqquniga qadar Kent universitetining ingliz tili va mustamlakachilikdan keyingi adabiyot yoʻnalishi boʻyicha professori boʻlgan.
Odatda mukofotga munosib koʻrilgan sovrindorga ham Nobel mukofotini olishi haqida uning ismi rasman eʼlon qilinishidan yarim soat avval xabar beriladi.






