Noyabr oyida isteʼmol sektoridagi tovarlar va xizmatlar oʼrtacha 1,3 % ga oshgan

Davlat statistika qoʼmitasi maʼlumotlariga koʼra, 2022-yilning noyabr oyida isteʼmol sektoridagi tovarlar va xizmatlar oʼrtacha 1,3 % ga oshgan. Yillik oʼsishda isteʼmol narxlari indeksining oʼsish darajasi 12,3 % ga yetgan.

2022-yilning noyabr oyida narxlar va tariflar oʼsishida yetakchi oʼrinlarni oziq-ovqat mahsulotlari egallab, oy davomida ularning narxlari oʼrtacha 2 foizga oshdi.

Shu davrda nooziq-ovqat tovarlari narxlari 0,9 % ga va aholiga pullik xizmatlar koʼrsatish 0,8 foizga oshdi.