Nozimaxon Qayumova ikki karra Paralimpiya o‘yinlari g‘olibi

Ayollar o‘rtasida para yengil atletikaning nayza uloqtirish turida hamyurtimiz Nozimaxon Qayumova oltin medalni qo‘lga kiritdi. Tajribali sportchimiz 42.59 metr natija bilan 1-o‘rinni egalladi.

Qayd etilgandek, Nozimaxon Qayumova Rio-2016 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida ham oltin medalga sazovor bo‘lgan edi.