«Oʻzbekiston bugun butun dunyo diqqat markazida» - Aziz Abduhakimov Toshkent xalqaro turizm yarmarkasiga start berdi

Bugun «O‘zekspomarkaz» Milliy ko‘rgazmalar majmuasida «Ipak yo‘lida turizm» 27-Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi ochilishi bo'lib o'tdi.

Tadbirni ochib bergan Bosh vazir o‘rinbosari — Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov Oʻzbekiston bugun butun dunyo diqqat markazida ekanligini ta’kidladi.

Qayd etilishicha, 2023-yilning kuz faslida UNWTO tarixida birinchi marta BMT Butunjahon turizm tashkiloti Bosh assambleyasining 25-sessiyasi Samarqandda oʻtkazilishi rejalashtirilgan bo'lib, bu mingdan ziyod xorijiy mehmonlarni jalb O'zbekistonga jalb qiladi.

Vazir, shuningdek, «Ipak yo‘lida turizm» Toshkent xalqaro turizm yarmarkasining ahamiyatiga ham to‘xtalib o‘tdi.

«Ipak yoʻlida turizm» 2022-yilgi Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi dunyoning 30 mamlakatidan 300 nafardan ortiq soha vakillarini oʻzida toʻplagan.
Uch kun davomida soha mutaxassislari ishtirokida forum va sessiyalar, mahorat darslari, koʻrgazmalar, shuningdek, yarmarka tarixida birinchi marta mahalliy hamda xalqaro maydondagi dizaynerlar ishtirokida modalar namoyishi boʻlib oʻtadi. Shu bilan birga, turizm sohasi rivojida muhim ahamiyat kasb etuvchi B2B uchrashuvlari oʻtkaziladi. Qolaversa, tadbirga tashrif buyurgan mehmonlar bir pavilyonning oʻzida Oʻzbekistonning barcha hududlari turizm salohiyati bilan tanishish imkoniga ega boʻlishadi», – dedi Aziz Abduhakimov.

Shuningdek, TXTY-2022 forumiga turizm sohasidagi taniqli mutaxassislar, xususan, O‘zbekiston sayyohlik brendi elchilari, «BBC World News», «Lonely Planet», Markaziy Osiyo mamlakatlari va Rossiya turizm tashkilotlari uyushmalari vakillari, PR mutaxassislari va boshqalartashrif buyurishdi.

Ma’lumot uchun, TXTY-2022 1995-yildan buyon har yili BMT Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) ko‘magida o‘tkazib kelinmoqda.