Oʻzbekiston oltin-valuta zaxiralari $35,5 mlrdni tashkil etmoqda

Joriy yilning 1-iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning xalqaro yalpi zaxiralari 35 mlrd 583,5 mln dollarni tashkil etdi. Bu iyun oyiga nisbatan 179,8 mln dollarga ko‘p.
Zaxiralar tarkibidagi oltinning fizik qoldig‘i 11,7 mln troya unsiyasini tashkil qilmoqda. Uning moliyaviy qiymati esa 21,18 mlrd dollardan 21,22 mlrd dollarga oshgan.
Shuningdek, zaxira aktivlari tarkibidagi xorijiy valyuta zaxiralari 13,15 mlrd dollardan 13,30 mlrd dollarga oshgan.






