Oʼktam Ismoilovich Toʼrayev Termiz shahar hokimi etib tayinlandi

Tayinlovga qadar u Qurilish vaziri oʼrinbosari lavozimida ishlagan. Shuningdek, Oʼktam Toʼrayev 2019-2021-yillarda Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida, unga qadar Boysun tumanida hokim lavozimida faoliyat yuritgan.






