Oʼzbekiston 350 mln dollarga teng elektrotexnika mahsulotlarini eksport qildi

8 oy yakunlariga koʼra, tarmoq korxonalari eksporti 350,0 mln. dollarni tashkil etdi.
Bu 2020-yilning tegishli davriga nisbatan 1,3 barobarga koʼp degani.
Elektrotexnika mahsulotlarining Tojikistonga eksporti 1,4 barobarga, Qozogʼistonga eksporti salkam 1,8 barobarga, Rossiyaga eksporti 2,0 barobarga va Gruziyaga eksporti 1,9 barobarga oshgan.
Shuningdek, Oʼzbekistonda ishlab chiqarilgan elektrotexnika mahsulotlari eksport qilingan davlatlar qatoriga Yaman, Ruminiya, Аlbaniya va Moldova ham qoʼshildi.
Yil ohirigacha eksport hajmini 500 mln dollarga yetkazish belgilangan.






