Oʼzbekiston asosan qaysi davlatlardan yengil avtomobil import qilgan?

Davlat statistika qoʼmitasi maʼlumotlariga koʼra, joriy yilning yanvar-noyabr oylarida Oʼzbekiston 33 ta xorijiy davlatlardan yengil avtomobillar import qilgan. 11 oyda Oʼzbekiston yengil avtomobillarni eng koʼp import qilgan davlatlar orasida Xitoy birinchi o’rinda qayd etilgan bo’lsa, Germaniya ro’yxatga yakun yasagan.
Aniq raqmalar bilan quyida tanishing:
Xitoy – 10 071 ta;
Koreya – 8531 ta;
Qozogʼiston – 6395 ta;
Rossiya – 1499 ta;
АQSh – 491 ta;
Yaponiya – 151 ta;
BАА – 127 ta;
Germaniya – 122 ta.






