Oʼzbekiston charm-poyabzal sanoati nemis kompaniyalariga namoyish etildi

O’zbekistonning Germaniyadagi elchixonasi tashabbusi bilan Germaniya poyabzal va charm mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalari federal uyushmasi yillik simpoziumida ishtirok etgan yuzdan ortiq ushbu yoʼnalishdagi nemis kompaniyalariga Oʼzbekiston charm-poyabzal sanoati salohiyati, investitsiya va eksport imkoniyatlari ilk bora namoyish etildi.
Ushbu federal uyushma Germaniyadagi poyabzal va charm maxsulotlari ishlab chiqaruvchi 130 dan ortiq yirik va o’rta korxonalarni qamrab oladi. Ushbu nemis kompaniyalari 10 mlrd. yevrodan ortiq qiymatga teng mahsulotlarni chet ellik hamkor korxonalarida buyurtma asosida ishlab chiqaradilar va o’z brendlari ostida dunyo mamlakatlaridagi mijozlariga yetkazib beradilar.






