Oʼzbekiston delegatsiyasi MDH davlatlari razvedka xizmatlari rahbarlari yigʼilishida ishtirok etadi

Joriy yilning 30-sentabr kuni Moskvada MDH davlatlari xavfsizlik idoralari va razvedka xizmatlari rahbarlarining XVIII yigʼilishi boʼlib oʼtadi. Har yili oʼtkaziladigan mazkur tadbirda Ozarbayjon, Аrmaniston, Belarus, Qozogʼiston, Qirgʼiziston, Rossiya, Tojikiston va Oʼzbekiston delegatsiyalari ishtirok etadi.
Maslahat organi faoliyati doirasida Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi mamlakatlari maxsus xizmatlari rahbarlari bilan videokonferensaloqa shaklida uchrashuvi rejalashtirilgan.






