Oʼzbekiston Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashining birinchi yalpi majlisi

Bugun "Koʼksaroy" qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashining birinchi yalpi majlisi boʼlib oʼtadi.
Majlis doirasida davlatimiz rahbari Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso hamda qator xorijiy kompaniyalar rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar oʼtkazadi.






