Oʼzbekiston Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh qoʼmondoni Shavkat Mirziyoyev raisligida Xavfsizlik kengashining yigʼilishi bo’lib o’tmoqda

“Vatan himoyachilari kuni arafasida Qurolli Kuchlarimiz va harbiy-maʼmuriy sektorlar faoliyati samaradorligini tahliliy koʼrib chiqish va kelgusidagi dolzarb vazifalarni belgilab olish yaxshi anʼanaga aylangan. Ushbu majlis ulugʼ sana – Oʼzbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganining shonli 30 yilligi arafasida oʼtkazilmoqda”, dedi davlatimiz rahbari hamda yigʼilganlarni, Qurolli Kuchlarimiz saflarida xizmat qilayotgan barcha harbiylarimiz va soha faxriylarini bayram bilan samimiy tabrikladi.