Oʼzbekiston Starlink ilovasini yuklab olish boʼyicha top beshlikka kirdi

Mamlakatda Starlink sunʼiy yoʼldosh internet xizmati hali ishga tushmagan, ammo SensorTower bergan maʼlumotlarga asoslanib, PCMag nashrining qayd etishicha, Oʼzbekiston Starlink ilovasini App Store va Google Playdan yuklab olish boʼyicha top besh mamlakatlar ro’yxatiga kirgan.
Berilgan maʼlumotlarga koʼra, Аmerika Qoʼshma Shtatlari umumiy yuklab olishlarning 38 foizi, yoxud 889 ming koʼrsatkich bilan Starlink eng koʼp yuklab olingan hudud deya qayd etilgan. Keyingi oʼrinda esa, Ukraina davlati boʼlib, mamlakatdagi yuklab olishlar soni 800,000 dan ortiqni tashkil etgan.
Kanada 209,000 yuklab olishlar bilan uchinchi oʼrinni egallagan boʼlsa, toʼrtinchi oʼrinni avstraliyaliklar 64 ming yuklab olishlar bilan band qilgan. Starlink ishga tushmagan Oʼzbekistonda esa uning ilovasi 42 mingdan ortiq yuklab olingan va u umumiy yuklab olishlar sonining 2 foizini tashkil qilgan.






