Oʼzbekiston va Eron yetakchilari dolzarb mintaqaviy masalalarni muhokama qilmoqda

Oʼzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy ikki mamlakat oʼrtasidagi koʼp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarini muhokama qilmoqda.

Diqqat markazida - oʼzaro savdo hajmini oshirish, kooperatsiyani kuchaytirish, sanoat, innovatsiyalar, qishloq xoʼjaligi, energetika, transport va logistika, boshqa ustuvor yoʼnalishlarda qoʼshma loyihalarni amalga oshirish, mintaqada samarali transport yoʼlaklarini rivojlantirish imkoniyatlari koʼrib chiqiladi.

Oʼzbekiston va Eron yetakchilari dolzarb mintaqaviy masalalar, shu jumladan Аfgʼonistonda yuzaga kelayotgan vaziyat, ShHT doirasidagi koʼp tomonlama hamkorlik masalalarini ham muhokama qiladilar.