Oʼzbekiston va Turkmaniston oʼrtasida jami 23 ta hujjat imzolandi:

Turkmaniston prezidenti boshligidagi delegatsiyaning Toshkentga tashrifi doirasida, O‘zbekiston bilan quyidagi hujjatlar imzolandi.
➖ Viza protseduralarini soddalashtirish toʼgʼrisida Bitim, Fuqarolarning oʼzaro qatnovlari toʼgʼrisida Bayonnoma, ikki davlatning adliya vazirliklari va fan akademiyalari oʼrtasida Memorandum;
➖ Chegaraoldi savdo markazi hamda tovar ayirboshlash hajmini oshirish toʼgʼrisida Bitimlar, investitsiyaviy hamkorlik va oʼzaro tovar yetkazib berish toʼgʼrisidagi hamda Metrologiya sohasidagi Memorandum;
➖ Biologik xilma xilligini saqlash haqida Bitim, 2025-yilgacha oʼsimliklar karantini va himoyasi boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida Reja, mineral oʼgʼitlar va qishloq xoʼjaligi texnikasi va energetika sohasida xoʼjalik shartnomalari;
➖ Аxborot texnologiyalari sohasida hamkorlik toʼgʼrisida Memorandum, Gurlan-Toshhovuz oʼtkazish punktlarini ishga tushirish boʼyicha Bayonnoma;
Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhammedov Qoʼshma bayonotni ham imzolashdi.






