Oʼzbekistonda 8 oyda 66,4 trln. soʼmlik qurilish ishlari bajarilgan

Davstatqoʼm maʼlumotlariga koʼra, 2021-yilning yanvar-avgust oylarida Oʼzbekistonda jami 66,4 trln. soʼmlik qurilish ishlari bajarilgan.

2020 yilning mos davriga nisbatan oʼsish surʼati 102,0 % ni tashkil etgan.

Oʼzbekistonda soʼnggi 10 yilda bajarilgan qurilish ishlari hajmi:

2010 yilda – 8,2 trln. soʼm;
2011 yilda – 9,5 trln. soʼm;
2012 yilda – 11,7 trln. soʼm;
2013 yilda – 15,2 trln. soʼm;
2014 yilda – 20,1 trln. soʼm;
2015 yilda – 25,4 trln. soʼm;
2016 yilda – 29,4 trln. soʼm;
2017 yilda – 34,7 trln. soʼm;
2018 yilda – 51,1 trln. soʼm;
2019 yilda – 71,2 trln. soʼm;
2020 yilda – 88,1 trln. soʼm.