Oʼzbekistonda doimiy aholi soni har kuni oʼrtacha 2 ming kishiga ortmoqda

Davlat statistika qoʼmitasi maʼlumotlariga koʼra, 2022-yilning 1-oktabr holatiga ko’ra, respublikaning doimiy aholisi soni 35,8 million kishini tashkil etmoqda. Mamlakatimiz aholisi yil boshidan buyon har oyda oʼrtacha 61,1 ming kishiga koʼpaygan.

2022-yilning har bir kunida doimiy aholi soni oʼrtacha 2 ming kishiga koʼpaymoqda.

P.S. Oʼzbekiston Respublikasi doimiy aholi soni boʼyicha MDHda uchinchi oʼrinda bo’lsa, tugʼilish boʼyicha MDHda birinchi oʼrinda.