Oʼzbekistonda mobil aloqa abonentlari qancha?

Davlat statistika qoʼmitasi maʼlumotlariga koʼra, 2022-yilning 1-aprel holatiga, Oʼzbekiston Respublikasida mobil radiotelefon abonentlari soni 29,9 mln. nafarni tashkil etgan.

Bu koʼrsatkich oʼtgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 11 % ga oshgan.